“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi 1994 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.01.1994y.dagi PF-745 sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.

“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.1997 y.dagi PQ 1710-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.02.1997 y.dagi 113-sonli Qaroriga asosan  mamlakat hukumatining eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha rasmiy agentligi maqomi berilgan holda  “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etilgan.

Kompaniya missiyasi: sug‘urta himoyasining samarali va omilkor mexanizmini yaratish va joriy etish yo‘li bilan O‘zbekistonda sug‘urta sohasining rivojlanishiga ko‘maklashish va Kompaniyani yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim qiluvchi ishonchli sug‘urtachi nomini qozonish.

Tashkil etilgan sana:

1994 yil, aprel – “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zR VMQ, 13.04.1994y.dagi 206-son)

15.04.2014